Русские видео

Сейчас в тренде

Иностранные видео


Скачать с ютуб "Korrupsiya tizimga aylangan bo'lsa, unga qarshi yangi tizimni faqat yangi elita taklif qila oladi" в хорошем качестве

"Korrupsiya tizimga aylangan bo'lsa, unga qarshi yangi tizimni faqat yangi elita taklif qila oladi" 1 день назад


Если кнопки скачивания не загрузились НАЖМИТЕ ЗДЕСЬ или обновите страницу
Если возникают проблемы со скачиванием, пожалуйста напишите в поддержку по адресу внизу страницы.
Спасибо за использование сервиса savevideohd.ru



"Korrupsiya tizimga aylangan bo'lsa, unga qarshi yangi tizimni faqat yangi elita taklif qila oladi"

“Beshikdan qabrgacha pora ber”. Ha, afsuski, shunday. Kecha tug‘ilgan chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqayotib, o‘z ishini qilgan doyalar-u boshqa tibbiyot xodimlariga “suyunchi” berasan. Yaxshi tug‘ruqxonaga yoki qo‘li yengil doyaga bergan pulni hali aytmadim. Bola eson-omon tug‘ilib olsa, ona salomat bo‘lsa, bas, deysan. Go‘yo hammasi oddiy, hammasi tabiiy. O‘zbekistonda korrupsiya – bu shunchaki muammo emas, bu bir “ulkan hunarmandchilik”, ajdodlardan meros qolgan “an'anaviy hunar”. Bugun seni o‘qishga kiritish uchun pora, ertaga ishga joylashtirish uchun yana pora, keyin esa o‘sha ishingda qolish uchun pora. Hamma yerda ham bunday emas, ammo gap shundaylarning hamon borligi haqida. Eng yomoni, bu oddiy odamlardan tortib, amaldorlargacha tegishli. Sohalar yiriklashgani sari korrupsiya ko‘lami ham kattalashib boraveradi. Ayrim tashkilotlar o‘z “boqilgan” mijozlariga ega. Ba'zilari lisenziya sotish bilan, boshqalari tender uyushtirish bilan band. Sen “kursda” bo‘lmasang, yoki uning ichida bo‘lishni istamasang, bu hayotda “nimalargadir erisholmaydigan sodda” bo‘lib qolaverasan. Pora va tanish-bilishlarini ishga solib, mansabga keladigan ayrim amaldorlar “men halolman” deydi, lekin kimningdir nomiga ochilgan bank hisobvarag‘ida “sirli” millionlari bor. Korrupsiya bor ekan, hech qachon haqiqiy taraqqiyot bo‘lmaydi. Chunki korrupsiya – bu o‘smirga o‘qish o‘rniga “tanish” kerakligini o‘rgatadigan, yoshlarga mehnat orqali emas, "hamyon" orqali muvaffaqiyatga erishishni ko‘rsatadigan, pul berib, ishni oson bitirishga undaydigan ko‘hna dard, nasl surayotgan eski kasallik. Ha, aytgancha, ayrim qabristonlarda 3 metrning joyning o‘z narxi bor ekan. Eshitganmisiz? Intellektual klubning bu galgi soni O‘zbekistonda korrupsiya, uning oqibatlari va bu illatga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlandi. 00:00 – Tizer 01:33 – Kirish 07:00 – Qodir Quliyev – Korrupsiyaga qarshi kurash va boshqaruv bo‘yicha xalqaro ekspert. 24:45 – Kamol Niyozov – Davlat xaridlari bo‘yicha ekspert, moliyachi-iqtisodchi. 39:20 – Dilfuza Mirzaahmedova – Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi loyiha kordinatori. 42:13 – Abdurahmon Tashanov – Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi. 57:40 – Azamat Akbarov ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert. 01:09:58 – Prezident Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida mas’ullar oldiga ko‘plab farmon, qonun va qarorlar qabul qilish vazifasini qo‘ydi. Ular qabul qilinsa, nima o‘zgaradi? 01:14:12 – Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining ishonch telefonlari ishlamaydi. 01:16:52 – Biz pora beruvchigan isbatan ham jazoni kuchaytirishimiz kerak. 01:23:43 – Korrupsiyaga qarshi kurash uchun xususiylashtirish kuchayishi kerak. 01:27:38 – Korrupsiyani kamaytirish avvalo hukumatni keskin qisqartirishdan boshlanadi. 01:32:45 – Pul kuchmi yoki kuchliroqmi, vijdonchi? 01:33:07 – Nega ta’lim muassasalarida korrupsiya illati haqida darslar yo‘q? 01:36:08 – Nega hali ham davlat xizmatchilari mol-mulkini deklaratsiyalash tartibi amalga kirmadi? 01:37:53 – Komplayens nazorat haqida gapirayotgan amaldorlarni o‘zi u haqida bilmaydi. 01:42:21 – Nega agentlikning jamoatchilik kengashi faoliyati sezilmayapti? 01:49:01 – “Agentlik jamoatchilik kengashi raisini tanqid qilganim uchun kengash to‘liq likvidatsiya qilindi”. 01:50:55 – Butun dunyoda korrupsiyaga qarshi yaxshi ishlayotgan tizimni nega shunchaki ko‘chirmaymiz, chunki… 01:55:45 – "Mamlakatda korrupsiya tizimga aylangan bo'lsa, unga qarshi yangi tizimni faqat yangi elita taklif qila oladi" 02:01:10 – “Amaldorlar lavozimidan o‘z manfaati yo‘lida foydalanyapti, lekin davlat jim”. 02:03:31 – “Aslida korrupsiyani 1 soat, 1 oyda yo‘qotish mumkin, faqat siyosiy iroda kerak” 02:10:08 – “Korrupsiya O‘zbekistonda unga qarshi kurash tizimidan 25 yil oldinga o‘tib ketdi” 02:14:07 – Halollik vaksinasi nima o‘zi? 02:18:08 – Boshqaruv tizimining korrupsiyani kam oki ko‘pligidagi o‘rni haqida. 02:24:00 – Yoshlarning korrupsiyaga moyilligi oshib boryapti. 02:24:41 – “Koprrupsioner amaldorlar tarixga qarasin va xulosa qilsin, hamma bo‘sh qo‘l bilan ketadi” 02:26:07 – “Odamlar uyg’onmas ekan, elitadan korrupsiyaga qarshi jiddiy kurashishni kutish xató” 02:29:03 – Spikerlarning xulosaviy fikrlari. Telegram 👉 https://t.me/vatandosh_tv (@vatandosh_tv) TikTok 👉   / vatandosh.tv   Instagram 👉   / vatandosh_tv   (@vatandosh_tv) YouTube 👉    / @vatandosh_tv   Facebook 👉 https://fb.com/vatandoshtv

Comments